KOREYA RESPUBLIKASI ELCHISI BILAN TA’LIM SOHASIDA QATOR MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
19.09.2024Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yonni qabul qildi.
Uchrashuv davomida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qildi.
Tomonlar, boshqa masalalar qatorida, oliy va professional ta’lim sohasida koreyalik mutaxassislarni jalb qilgan holda qo‘shma dasturlarni kengaytirish masalasiga ham to‘xtaldi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda respublikamizning oltita oliy o‘quv yurtlari Koreya Respublikasining sakkizta oliy o‘quv yurtlari bilan 9 ta qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan bo‘lib, ular doirasida 134 nafar talaba tahsil olmoqda.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.