KOREYA XALQARO HAMKORLIK AGENTLIGI BILAN DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2024

Bugun, 16-oktabr kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi va universitet vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida I. To‘xtasinovning O‘zDJTU faoliyati, xalqaro hamkorligi va koreys tilining o‘qitilishi haqidagi ma’lumoti, Bok-Hee Kim xonimning KOICA faoliyati va loyiha bo‘yicha ma’lumoti tinglandi.

Uchrashuvda KOICA tashkilotining 1,12 million dollarga teng “Koreys tili va madaniyatini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha volontyorlar loyihasi”ni amalga oshirish masalalari, Koreys tili markazi ishini takomillashtirish, jumladan o‘quv-uslubiy adabiyotlar, milliy libos va cholg‘u asboblari, koreya madaniyatiga oid attributlar bilan ta’minlash, Koreys tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish kabi masalalar muhokama etildi.

Uchrashuvda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari – Koreya xalqaro rivojlanish markazi loyihalar menejeri Bok-Hee Kim xonim, Koreya xalqaro rivojlanish markazi Hududiy menejeri Juho Lee, Pyongtek universiteti Hududiy menejeri Yoon Mi No xonim, Ajou universiteti arxitektura sohasi mutaxassisi Jiho Park, O‘zbekistondagi KOIKA ofisi direktor o‘rinbosari So Wansu, KOIKA volontyorlar dasturi koordinatori Lee Yoobin, Volonterlar dasturi mutaxassisi Ilxomjon Ro‘ziboyevlar ishtirok etdi.

O‘zDJTU tomonidan rektor I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev, Koreys tili kafedrasi mudiri Ji Mun Gun uchrashuvda ishtirok etdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

18 + four =