KOREYALIK TALABALAR ‘XALQARO QISHKI MAKTAB’ DOIRASIDA O‘ZBEKISTONDA BO‘LDI

16.01.2024

“Xalqaro qishki maktab — 2024” dasturi doirasida Koreyadan oltmish nafardan ziyod talaba yurtimizga keldi. O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning ta’lim tizimidagi hamkorlik aloqalari natijasida Koreya Respublikasining Adju universiteti hamda Toshkent shahridagi Adju universiteti talabalari uchun yozgi va qishki mavsumlar uchun alohida ta’til dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.

Delegatsiya a’zolari poytaxtimizdagi diqqatga sazovor joylar, xususan, Hazrati Imom majmuasi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Toshkent teleminorasiga ekskursiya qildi. Yurtimizning boy tarixi, buyuk bobokalonlarimizning dunyo hamjamiyatiga qo‘shgan hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlar berib borildi. Samarqand shahriga bo‘lgan sayohatda esa Registon maydoni, Amir Temur va Bibixonim maqbarasi, Shohizinda majmuasini ko‘rishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nine + ten =