“KOREYSCHA-O‘ZBEKCHA LUG‘AT”NING TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI

25.01.2020

2020-yil 23-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Koreyashunoslik fakultetida “Koreya iqtisodiyoti va siyosati” kafedrasi 2 -bosqich magistranti Rasul Sherov va 4-kurs talabasi Abrorjon Jumanovning “Koreyscha-O‘zbekcha lug‘at” kitobining (Toshkent: Akademnashr nashriyoti, 2019. − 288 b.) taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur lug‘atga Abdulla Sharopov muharrirlik qilgan (Taqrizchilar: f.f.d., prof. Shoira Usmanova va PhD. G‘olibjon Yoziyev). Lug‘atda TOPIC imtihonida faol qo‘llaniladigan so‘zlar jamlangan va ularning kontekstdagi qo‘llanishlari ko‘rsatib berilgan. Kitobda 10 mingdan ziyod eng kerakli so‘z va iboralar o‘rin olgan bo‘lib, ular mos rasmlar va jadvallar bilan to‘ldirilgan.

Lug‘atdan koreys tilini o‘rganayotgan talabalar, magistrantlar, tarjimonlar va koreys tiliga qiziquvchi keng jamoatchilik foydalanishi mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 2 =