LEV TOLSTOY АSАRLАRINING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDА YORITILISHI: TАHLIL VА TАLQIN

29.09.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada “Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi” fikrini olg’a surib, chet el adabiyotini o’rganish, tarjima va ommaviy axborot vositalarida yoritish borasida o’z nutqida quyidagilarni irod qiladi:

«Biz O‘zbekistonda “Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik”, degan chuqur ma’noli tamoyilga amal qilgan holda, jahon adabiyotining durdona asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish masalasiga g‘oyat jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz.

Yurtimizda dunyo adabiyotining bebaho mulki bo‘lgan ming-minglab asarlar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va tarjimashunoslik bo‘yicha o‘ziga xos ijodiy maktab shakllanganini alohida ta’kidlash lozim».

Shu bilan bir qatorda, asrlar davomida komil inson tarbiyasi, adolatli jamiyat, shaxs erkinligi, Vatan ozodligi, bunyodkorlik, bag‘rikenglik va baynalmilalchilik, odamiylik kabi o‘lmas fazilatlarni tarannum etib kelayotgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning eng sara namunalarini xorijiy tillarga o‘girish va chet ellarda targ‘ib etish bo‘yicha ham mamlakatimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada respublikamiz ta’lim muassasalarida o‘zbek tili bilan birga qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman tillarida ta’lim berish yo‘lga qo‘yilgani, oliy o‘quv yurtlarimizda ingliz, fransuz, nemis, ispan, yapon, xitoy, koreys, arab filologiyasi maxsus fan sifatida o‘qitilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.”

O’zbek xalqi azal-azaldan jahon adabiyotiga yuksak qiziqish bildirib kelgan. Bu an’ana hozirgi kunda ham kitobxon yoshlar orasida davom etib kelmoqda. Butun dunyo va shu jumladan yurtimizda ham ma’lum va mashhur bo’lgan “Qizil Shapkacha”(Sh. Perro), “Robinzon Kruzo” (D. Defo), “Gulliverning sayohatlari” (J. Svift), “Dyumchaxon” (H. Andersen), “Oltin baliq” (A. S. Pushkin), “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Don Kixot” (J. Servantes), “Maugli” (R. Kipling), “Kichkina Shahzoda” (A. De Sent – Ekzyuperi), “Chipollinoning sarguzashtlari” (J. Rodari), “Bilmasvoy quyosh shahrida” (N. Nosov) singari asarlarni bunga misol qilib keltirishimiz mumkin.

Zabardast rus yozuvchisi Lev Nikolayevich Tolstoyning asarlariga qiziqish u hayotlik chog’idan boshlangan. Uning «Odamlar nima bilan tirik?», «Xudo haqiqatni kursa ham tezda ayta olmaydi» makrlalari 1887—1902-yillarda «Turkiston viloyatining gazeti»da oʻzbek tilida nashr etilgan.

1889-yil taniqli maʼrifatparvar Sattorxon Abdugʻafforov u haqidagi «Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi» degan maqolasi bosilgan. Tolstoyning bolalar uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy («Ustodi avval», 1902), Aliasqar Kalinin («Muallimi soniy», 1903), Abdulla Avloniy («Birinchi muallim», 1909; «Ikkinchi muallim», 1912) singari jadid maʼrifatparvarlarining oʻquv qoʻllanmalari va darsliklarida eʼlon qilingan hamda usuli savtiya maktablarida oʻqitilgan.

Tolstoy nafaqat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham oʻzbek jadidlarining eʼtiborini uziga jalb etgan.

Birinchi oʻzbek advokati Ubaydulla Xoʻjayev 1909-yilda Tolstoyga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi taʼlimoti yuzasidan xat yozib, oʻsha yilning 5-iyunida undan javob oladi. Islom dinining taniqli arboblaridan biri bo’lmish Abduvohid Qoriyev esa 1910-yil Yasnaya Polyanaga maxsus borib, Tolstoy bilan bir necha marta muloqotda boʻlgan.

Oʻzbek xalqining Tolstoy ijodi bilan yaqindan tanishishi esa 1920-asrning 1930-yillaridan boshlangan va uning barcha asosiy asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan (https://uz.wikipedia.org/wiki/Lev_Tolstoy).

Lev Nikolayevich Tolstoy hаyoti vа uning аsаrlаri deyarli xorijiy olimlаr tomonidan keng o’rganilgan, yetarlicha ilmiy mаqolаlаr yozilgan va ko’rsatuvlar olingan, asarlari asosida filmlar yaratilgan.

Xususan, “Madaniyat va ma’rifat” teleradiokanalining “Tafakkur gulshani”, “Asrning eng yaxshi asari” va “Birgalikda o’qiymiz” dasturlarida Tolstoy hayoti va ijodi hamda asarlari yoritilgan. “Urush va tinchlik” epopeyasi efirga uzatilgan. Tolstoyning ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, maʼnaviy asoslarini ochib tashlagan «Hojimurod» asari radiodrammalashtirilgan.

Fikrimcha, tаhlil qilingаn аsаrlаr mohiyаti kеng ommaga yеtib borsа, Lev Tolstoyning tarjima qilinmagan asarlаrini ham o’zbеkchаlаshitib, ulаr bilаn yаqindаn tаnishish imkoniyаti mаvjud bo’lаdi. Nobеl mukofoti sovrindorining realistik asarlarini o’rganish chet el adabiyoti fanining yanada boyishiga, adabiyot, san’at, madaniyat va ma’rifatning yanada yuksalishiga olib keladi deb hisoblayman.  

Nafaqat mamlakatimizda ijod qilgan, balki chet el adiblari, shular qatorida Tolstoy hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishgan o’zbekning yosh avlodlari kelajakda Nobel mukofotlariga sazovor bo’lgan asarlar yaratishiga hissa qo’shsa ajab emas. Shu sаbаbli yozuvchi аsаrlаri, ulаr аsosidа ishlаngаn filmlаr, yozilgаn mаqolаlаrni o’rgаnish vа ulаrning muvаffаqiyаtini tаhlil qilish orqаli аnа shu maqsadga oz bo’lsаdа yаqinlаshamiz, degan fikrdaman.

Muhammad Olim Nuriyaxonim Ulug’bek qizi
Media va kommunikatsiya fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × five =