LINGUST — BEPUL ONLAYN TIL KURSLARI

18.06.2020

Xorijiy tillarni noldan boshlab o’rganish imkoniyatini taqdim etayotgan Lingust platformasida hozirgi kunda 19 tilni o’rganish imkoniyati mavjud. Ular: ingliz, ispan, italyan, fransuz, nemis, portugal, xitoy, yapon, koreys, turk, lotin, yunon, arab, ibroniy, fin, chex, polyak, bolgar.

Maktab yoki kollejda biror tilni o’rgangansiz-u, lekin hozirda biroz yodingizdan ko’tarilgan hollarda mazkur platforma sizga juda qo’l keladi.

Bundan tashqari, agar portalda til o’rganish jarayonida savollaringiz bo’lsa, ularni har doim so’rash imkoni mavjud.  Buning uchun sharhlar, mehmonlar kitobi tashkil qilingan bo’lib, savollarga sayt foydalanuvchilari yoki professional tilshunoslar javob berishadi.

Portal havolasi: lingust.ru