LONDON SHAHRIDA INGLIZ TILIGA TARJIMA QILINGAN “KECHA VA KUNDUZ” ROMANINING TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI

20.01.2020

2020-yilning 17-yanvar kuni O‘zbekistonning London shahridagi Elchixonasida zamonaviy o‘zbek she’riyati va adabiyotining asoschilaridan biri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning birinchi marta ingliz tiliga tarjima qilingan “Night and Day” (“Kecha va kunduz”) romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda human.uz internet nashri.

Tarjima muallifi yosh olim, AQShning Michigan universiteti slavyan tillari va adabiyoti kafedrasi ma’ruzachisi Kristofer Fort. U deyarli bir yil O‘zbekistonda yashab XX asrdagi o‘zbek adabiyoti bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishi uchun materiallar to‘plagan va o‘zbek tilini o‘rgangan.

2019-yilda u dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ilmiy ishida bir paytda ham xalqimizning madaniy-tarixiy an’analarini, ham o‘zbek musulmon islohotchilarining taraqqiypavar g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan XX asr boshidagi o‘zbek sotsrealizmi adabiyotining noyobligini isbotlab berdi, deb yozadi manba. 

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three + nine =