“MADANIYATLARARO ASPEKTDA SHARQ TILLARINI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI” | ILMIY-AMALIY ANJUMANDA ISHTIROK ETING
28.04.2022O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Sharq filologiyasi fakulteti Sizni 2022-yil 24-may kuni bo’lib o’tadigan “Madaniyatlararo aspektda Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb muammolari” ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif etadi.
Anjumanning maqsadi va vazifalari:
- Madaniyatlararo aspektda Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb muammolari doirasida filologiya, metodika, falsafa, tarix, sotsiolingvistika, lingvomadaniyat, tarjimashunoslik bo‘yicha ilmiy muammolar yuzasidan fikr almashish;
- O‘zbekiston va Xitoy, Koreya, Yaponiya hamda boshqa Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish;
- O‘zbekiston va Sharq mamlakatlari aloqalarining ustuvor yo‘nalishlarini ilmiy o‘rganish orqali amaliy takliflar ishlab chiqish;
- sharqshunoslik yo’nalishida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish; yosh olimlarning malakasini oshirish;
- sharqshunoslikning dolzarb masalalariga oid hamkorlikda amalga oshiriladigan ilmiy mavzularni aniqlab, xalqaro miqyosdagi yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- O‘zbekiston va Sharq mamlakatlari fan va ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalar, innovatsiyalar bo‘yicha yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish.
Anjuman quyidagi sho‘balarda ish yuritadi:
? Tilshunoslik
? Qiyosiy tilshunoslik
? Pedagogika
? Til o’qitish metodikasi
? Tarjimashunoslik
? Adabiyotshunoslik
? Tarix
Konferensiya materiallari quyidagi mavzularni qamrab oladi:
- Sharqshunoslikka oid ilmiy va amaliy masalalar
- Madaniyatlararo aspektda Sharq tillarini o‘qitish tamoyillari va innovatsion yondashuvlar
- Sharq tillarida tarjimashunoslik masalalari
- Konferensiya materiallari elektron to‘plam tarzida www.conference.fledu.uz saytida nashr etiladi.
Ilmiy maqolalar to‘plamiga DOI raqam beriladi va konferensiyaning eng yaxshi maqola mualliflariga sertifikat taqdim etiladi hamda Google Scholar, https://cyberleninka.ru/ platformasida indekslanadi.
Tashkilotchilar tezislarni saralash va tahrir qilish huquqiga ega.
Tezislarni rasmiylashtirishning texnik talablari:
Materiallar ilmiy maqolalar shaklida o‘zbek, rus, ingliz, sharq tillarida, qog‘oz va elektron nusxalarda (Times New Roman shrifti, 14 kegel, 1,5 intervalda 5-7 bet) topshiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilmiy adabiyotlardan havola(snoska)lar har bir sahifa ostida bo‘lishi kerak. Annotatsiya (70-100 so‘zdan iborat) va kalit so‘zlar (5-10 so‘zdan iborat) 2tilda: ingliz tili va maqola yozilgan tilda bo‘lishi kerak (namunada ko‘rsatilgan).
Maqolalarni qabul qilish muddati – 2022-yil 10-maygacha.
Tashkiliy qo’mita manzili: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, G9-A, UzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti, 203-xona.
Konferensiya materiallarini yuborish uchun elektron manzil: ikromatyakubov@gmail.com
Murojaat uchun telefon raqami: +9989974454745
Telegram orqali bog‘lanish uchun: +998997 4454745
Batafsil ma’lumot quyidagi PDF hujjatda.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.