«MALAY TILI BO‘YICHA NOTIQLIK SAN’ATI 2019» TANLOVI YAKUNLARI

20.04.2019

Joriy yilning 20-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida «Malay tili bo’yicha notiqlik san’ati 2019» an’anaviy tanlovi bo’lib o’tdi.

Tadbirni O’zDJTU rektori G’anisher Raximov va Malayziyaning O’zbekistondagi elchisi Hendy Assan janoblari kirish so’zi bilan ochib berdilar.

Malayziya elchixonasi, Malay tili va madaniyati markazi, Sulton Idris universiteti, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent Sharqshunoslik instituti, shuningdek, O’zDJTU yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamkorligida tashkil qilingan mazkur tanlovda jami 30 ishtirokchi qatnashdi.

Ishtirokchilar hakamlar hay’atiga o’z notiqlik qobiliyatlarini namoyon etdilar. Hakamlar tanlovning birinchi bosqichida ishtirokchilarning og’zaki nutq qobiliyatlarini sinovdan o’tkazdilar hamda 30 qatnashchi orasidan 5 nafarini tanlovning ikkinchi bosqichiga o’tkazdilar.

II bosqichda ishtirokchilar malay tilida savol-javob qilish orqali baholandilar.

Tanlov yakunlariga ko’ra, ishtirokchilarning barchasiga sertifikat topshirildi. G’olib deb topilgan 3 ishtirokchi sertifikat va rag’batlantiruvchi sovg’alar bilan taqdirlandi.

Ular quyidagilar:

1.Toshpo’latova Zarnigor – Toshkent Davlat sharqshunoslik Instituti 4-kurs talabasi

2.Sa’dullayeva Shirina – Toshkent Davlat sharqshunoslik Instituti 1-kurs talabasi

3.Bahodirxo’jayeva Shahzoda- Toshkent Davlat sharqshunoslik Instituti 1-kurs talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

six + one =