MALAY TILINI O’RGANUVCHI TALABALAR UCHUN AJOYIB IMKONIYAT

05.04.2019

Malayziya elchixonasi, Malay tili va madaniyati markazi, Sulton Idris universiteti, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent Sharqshunoslik instituti, shuningdek, O’zDJTU yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamkorligida «Malay tili bo’yicha notiqlik san’ati 2019» an’anaviy tanlovi o’tkazilmoqda.

Agar siz malay tilida so’zlasha olsangiz,bu sizning imkoniyatingiz. Siz bor yo’g’i o’zingizning notiqlik san’atingizni hakamlar hay’atiga namoyish etishingiz kerak bo’ladi. G’oliblar maxsus kubok va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadilar va Malayziyada bo’lib o’tadigan xalqaro notiqlik san’ati musobaqasida O’zbekistondan vakil sifatida ishtirok etishlari mumkin bo’ladi. Unutmang, ishtirokchilar oldindan ro’yxatdan o’tishlari kerak bo’ladi.

Tanlovning o’tkazilish sanasi: 20-aprel

Joy: O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu havolaga kiring.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

six + 5 =