MAMLAKATIMIZDA KOREYS TILINI O‘RGANAYOTGAN O‘QUVCHILAR SONI BIR YILDA 2 BAROBARGA ORTDI

22.04.2019

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In joriy yilning 18 aprelida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda yurtimiz maktablarida xorijiy tillarni o‘rganishga ehtiyoj ortib bormoqda. Xususan, koreys tilini o‘rganayotgan yoshlar soni ham oshayotganini statistik ma’lumotlar ham tasdiqlamoqda.

2018-2019 o‘quv yilida mamlakatimizda 12 ta koreys tilini o‘qitadigan maktablar faoliyat yuritmoqda. Ahamiyatlisi, mazkur ta’lim muassasalari soni o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 4 taga ko‘paydi. Shuningdek, koreys tili o‘qitiladigan sinflar soni 2017-2018 o‘quv yilida 91 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2018-2019 o‘quv yilida ular soni 153 taga yetdi.

Tabiiyki, koreys tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar soni ham oshib, 2018-2019 o‘quv yilida 5466 nafarni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2017-2018 o‘quv yiliga nisbatan 2728 nafar ko‘pligidan darak bermoqda.

Xalq ta’limi vazirligi
Axborot xizmati

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × one =