MAMLAKATIMIZDAGI AFG’ONISTON FUQAROLARI UCHUN TA’LIM DASTURLARI MUHOKAMA QILINDI

29.03.2024

O’zbekiston Prezidentining Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrian bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda Afg’oniston fuqarolari, ayniqsa, yosh yigit va qizlar uchun ta’lim dasturlarini amalga oshirish doirasida O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi o’zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Og’ir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga duch kelgan afg’on xalqiga insonparvarlik yordamini ko’rsatishni davom ettirish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Sharlotta Adrian Yevropa Ittifoqining afg’on muammosi, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo’yicha O’zbekiston bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini ta’kidladi.