MAQOLA UCHUN SARLAVHA TANLASHNING ENG YAXSHI USULLARI

05.07.2021

Maqola uchun sarlavha  tanlash  ilmiy  jarayonning  juda  muhim  qismidir,  chunki  u  sizning  ishingiz  samaradorligiga  va  auditoriyangiz soniga  ta’sir  qilishi  mumkin.  Quyida eng  samarali maqola uchun sarlavha  tanlash  bo’yicha  eng  yaxshi  maslahatlar ro’yxati bilan tanishing:

 Maqolangizni  yozayotganda  bir  qator  turli  xil  nomlarni yozib  chiqing.

Maqola  yozayotganda  unga  sarlavha  o’ylab  topganingiz  ma’qul.  Boshida  qoralama  sarlavhasi  bilan  boshlang  va  keyin  maqolaning  qolgan  qismini  yozishga  e’tibor  bering.  Agar  sizda  yangi  g’oyalar  bo’lsa,  ularni  ham qayd qilib, nomlar ro’yxatiga  qo’shib  qo’ying.  To’liq  matn  tayyor  bo’lgach,  sarlavhaga  qaytib uning  oxirgi  versiyasi  to’g’risida  qaror  qabul  qilishingiz  mumkin!

 Qaysi  “sarlavha  turi”dan  foydalanmoqchi  ekanligingizni  tanlang.

Maqolalar uchun bir  nechta  turli  xil  sarlavha qo’yish usullari mavjud.  Deklaratsion  sarlavhalar — asosiy  xulosalarni sarlavhaga olib chiqish (masalan,  4  yillik  vazn  yo’qotish  bo’yicha  o’tkazilgan  test kabi)

So’roqli  sarlavhalar — mavzuni  savol  shaklida ham qo’yish mumkin.

 O’xshash   sarlavhalardan bir nechta variantlarni  yozing.

Har  bir  sarlavha  bo’yicha  takliflarning  bir  nechta  variantlarini  yozing.  Bu usul  sizga  qanday  qilib  sarlavha  yanada  aniqroq  bo’lishi  va  hatto  ba’zi  yangi  g’oyalarni  keltirib  chiqarishi  mumkinligini  ko’rishga  imkon  beradi.

Maqola uchun sarlavha tanlashda quyidagi usullardan foydalanmang:

  • Sarlavhada abbreviaturalardan foydalanmang!
  • Juda  uzun  bo’lgan tagsarlavhadan voz keching   (masalan: “O’z-o’zini  hurmat  qilish: bu Shimoliy  Amerikada  yashovchi  kattalar  o’rtasidagi  o’zaro  munosabatlarni  yaxshilashi  mumkinmi?)
  • Sarlavhadagi so’zlar soniga e’tiborli bo’ling!  Sarlavha uchun o’rtacha 12  so’z norma hisoblanadi.
  • Sarlavha uchun maqola ma’nosini  qisman anglatuvchi  so’zlardan  foydalanmang,  chunki  ular  faqat sarlavhaning umumiy uzunligini oshiradi.

Nigina RAJABOVA tayyorladi,
O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti
I bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 3 =