Markaziy Yevropa va Osiyo universitetlararo frankofoniya agentligi hududiy direktori Mohamed Ketata boshchiligidagi delegatsiya O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov tomonidan kutib olindi.
Tashkil etilgan uchrashuv davomida tomonlar – fransuz tilini oʻqitishni takomillashtirish maqsadida Fransiya OTMlari bilan aloqalarni rivojlantirish, fransuz tili oʻqituvchilari malakasini oshirish, talabalar uchun grantlar ajratish, fransuz tili boʻyicha hammualliflikda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari yaratish, Erasmus+ dasturi loyihalarini ishlab chiqish va ularda ishtirok etish masalalari muhokama qildilar.