MEDIA LOYIHALAR TANLOVI: “KICHIK FORMAT. YOZGI OQIM” TANLOVIGA QABUL BOSHLANDI

17.03.2021

Sizda original g‘oyalardan iborat qiziqarli media loyihalar bormi? Agar shunday bo‘lsa, Internews ning “Kichik format. Yozgi oqim” tanlovida ishtirok eting.

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

Nodavlat ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari, gazeta va jurnallar, kichik telekompaniya, radiostansiyalar, prodyuscerlik studiyalari, mustaqil mualliflar, jurnalist, bloger, rassomlar, faollar va boshqa ijodiy guruhlar.

Moliyaviy ko‘mak miqdori qanchagacha bo‘lishi mumkin?

Kontent loyihalar mualliflari $3000 gacha mablag‘ga ega bo‘lishlari mumkin.

Tanlovning maqsadi – sifatli teledasturlar, maxsus reportajlar, hujjatli filmlar, longridlar, ijtimoiy tarmoqlardagi loyihalar, podkastlar, web-doklar, web-seriallar, multimedia hikoyalar, jurnalistik tadqiqotlar va boshqalarni ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashdir.

Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 2021-yil 6-aprel.

Tanlov haqida batafsi ma’lumotga ega bo‘lish va ariza yuborish uchun ushbu havoladan foydalaning.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 + 9 =