“MEDIACAMP AWARD — 2020” TANLOVI BOSHLANDI

18.06.2020

Jurnalistlar uchun “MediaCAMP Award II” mintaqaviy tanloviga jurnalistlarning OAVda eʼlon qilingan materiallarini qabul qilish boshlandi. Turli format va janrdagi 2019-yil 1-iyulidan 2020-yil 31-maygacha Markaziy Osiyo ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan ijodiy ishlar qabul qilinadi (yagona cheklov – hujjatli filmlarning vaqti 40 daqiqadan oshmasligi kerak).

Tanlov Markaziy Osiyoning MediaCAMP dasturi doirasida o‘tkazilmoqda.

Ijodiy ishlar rus va milliy tillarda ariza topshirayotgan mamlakatga qarab (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, o‘zbek) ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. Shartlar haqida batafsil maʼlumot (https://newreporter.org/uz/markazij-osiyoda-mediacamp-award-tanlovi-togrisida-nizom/).

Arizalar ushbu tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab, 2020-yil 15-iyul soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Ishni baholaydigan hakamlar hayʼati nominatsiyalari:

• “Hokimiyat va jamiyat”

• “Chegarasiz avlod – imkoniyatlar vaqti”

• “Yordam berish vaqti”

• “Yonimizdagi qahramonlar”

• “Obyektiv” (fotosuratlar uchun)

Loyiha AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) ko‘magida MediaCAMP Markaziy Osiyo dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Batafsil: https://newreporter.org/uz/2020/06/16/mediacamp-award-2020-zhurnalistlar-tanlovi-boshlandi/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen − 3 =