“MEDIAKOMMUNIKATSIYA VA PR: YANGI TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

17.05.2021

Bugun, 17-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan “Mediakommunikatsiya va PR: yangi texnologiyalar va zamonaviy yondashuvlar” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchi, katta ilmiy xodim hamda mustaqil izlanuvchilar, magistr va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

Anjumanning maqsadi – mediakommunikatsiya va public relations sohalarida bo‘layotgan o‘zgarishlar, zamonaviy yondashuvlar va yangi texnologiyalarni tadqiq etish, mamlakat va tashkilotlar imijini yaratishda PRning rolini aniqlash, zamonaviy mediakommunikatsiyalarning taraqqiyot tendensiyalari, istiqbol rivojini belgilashdan iborat bo’ldi.

Konferensiya doirasida sohaga oid dolzarb mavzular, jumladan, “Ommaviy muloqodda tinish belgilarning o‘rni va ahamiyati”, “Ijtimoiy tarmoqlarda PR: mas’uliyat va javobgarlik”, “Иллокутивные свойства речи и их влияние на медиатексты СМИ”, “Гендерная проблематика в СМИ Узбекистана в условиях пандемии”, “Media va axborot xizmatlari hamkorligi sohasida zamonaviy yondashuvlar (www.mediahamkor.uz )”, “Madaniyatlararo kommunikatsiyada madaniy shok va to‘siqlar” kabi mavzularda sohaning yetakchi tadqiqotchi-olimlari, magistrant va talabalari tomonidan taqdimotlar qilindi va mavzu doirasida qizg’in muhokamalar bo’lib o’tdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 − 5 =