“MEDIALINGVISTIKA: NAZARIYA VA AMALIYOT” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO’LIB O’TADI
01.02.2020“Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yili va O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (O‘zJOKU)da 2020-yil 29-aprel kuni “Medialingvistika: nazariya va amaliyot” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tadi.
Konferensiya quyidagi sho‘balar bo‘yicha ilmiy maqolalar qabul qiladi:
- Medialingvistikaning nazariyasi va amaliyoti;
- Onlayn jurnalistikasi: til, uslub muammolari;
- Matbuot materiallari tahlili va tahriri;
- Audiovizual jurnalistikada medialingvistika masalalari;
- PR: mahorat masalalari.
Maqolalar o‘zbek va rus tillarida 2020-yil 1-aprelga qadar elektron va qog‘oz variantida quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahri, Yunusobod tumani Markaz 5, 88 uy, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, 1-qavat, 203-xona. “Medialingvistika” kafedrasi. Elektron manzil: Medialingvistika@mail.ru.
Murojaat uchun telefon raqam: L.I.Toshmuxamedova +99899 8526448,
+99890 9919585
Maqolani rasmiylashtirish tartibi bilan havola orqali tanishishingiz mumkin:
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.