«MENING MOLIYAVIY MARTABAM»

12.05.2021

(Stefan Likokning “My Financial Career” hikoyasi tarjimasi)

Oylik maoshim bir oyda 50 dollarga oshdi. Uni qo’yishga bankdan afzalroq joy yo’q, deb o’ylar edim. O’sha zahotiyoq bankka kirdim va kotibni qidira boshladim. Men uchun hisob raqami ochishi kerak bo’lgan bank xodimi bosh menejer bilan maslahatlashishi lozim, degan o’y bor edi, menda.

Shuning uchun kotibdan menejer bilan qanday gaplashish mumkinligini so’radim.

Ortidan, «yolg’iz» deb ham qo’shib qo’ydim. Nega unday deganimni o’zim ham bilmayman.

  «Albatta», — deb kotib meni bo’lim boshlig’i xonasiga yetakladi.

Menejer o’zini bosib olgan jiddiy ko’rinishga ega inson ekan. U bilan suhbat chog’ida cho’ntagimda 56 dollar pul bor edi, xolos.

   «Siz menejermisiz?», — deb so’radim.

 Xudo har narsani bilguvchi,  meni adashtirmadi!

U «ha, janob», — deb javob qildi.

Undan yolg’iz gaplashib olishimizni iltimos qildim.  Men «yolg’iz» so’zini ortiq ishlatishni istamas edim. Ammo bu so’zsiz unga bergan ma’noli savolim ahamiyatga ega bo’lmay qolardi.

  U «qani kelingchi», — deb meni o’zining shaxsiy xonasiga boshlab ketdi.

«Bu yerda bizni hech kim bezovta qilmaydi», — deb meni stulga o’tirishimni so’radi.

Ikkimiz ham o’tirdik, ammo men  gapirishga biror so’z topa olmadim.

 Menejer birdan «Siz Pinkerton agentligining detektivlaridan bo’lsangiz kerak?», — deb menga savol berdi.

Savolidan so’ng ko’zlarimdagi ifoda menejerni  meni haqiqatda detektiv deb o’ylashga majbur qildi chog’i, u tashvishli ko’rinishga tushib qoldi.

 Men unga,  umuman olganda, hech qanday detektiv emasligimni,  shunchaki bu yerga bankda o’z omonatimni saqlashni niyat qilgan holda kelganligimni tushuntirdim.

Bu gapni eshitgan menejer jiddiy tortib, meni boy mijozlardan bildi chog’i, balki Baron Rishhold farzandi degan fikr bilan meni katta omonat saqlash uchun hisob ochmoqchi deb o’ylashini yashirib o’tirmadi.

 «Katta hisob raqam o’rniga», —  shivirlab qulog’iga dedim — «bu bankka 56 dollarni hoziroq qo’ymoqchiman, keyingi safardan har oyi 50 dollardan qo’yib boraman»…

U  gapimni eshitishi bilanoq o’rnidan sakrab turib eshikni shiddat bilan ochdi va kotibini chaqirdi:

«Janob Montgomeri bu mijozimiz bankimizda hisob raqam ochib, unga 56 dollar joylamoqchi ekanlar, xayrli tong», — deb kinoyali salom berdi.

Men ham ovsarlarcha uning salomiga javoban «xayrli tong» deb, o’rnimdan tura sola, katta eshik orqali seyf saqlanadigan tomonga harakatlana boshladim.

Menejer jig’ibiyron bo’lib, «qayting ortingizga», — deb baqirdi va menga boshqa tomonni ko’rsatdi.

Shu payt men kotibni oldiga jadallik bilan borib unga pulimni uzatdimda «buni hisob raqamimga qo’yib qo’yarsiz», —  dedim. Ana o’sha vaqtda yuzim qo’rqinchli tusga kirib, oqarib ketgan edi.

Mening gapim unga «siz ham men ham nima qilish kerakligini bilgan holda, cho’zib o’tirmay ishni oxiriga yetkaza qolaylik» degan ma’noni berayotgandek edi.

Hisob raqami ochish operatsiyasi ketayotgan payti, yonimda berish uchun yetarli pul yo’qligini angladim. Men atigi 6 dollarni 56 dollarga tenglashtirgan ekanman. Xodimlardan biri menga ariza varaqasini berdi, boshqasi esa uni qanday qilib to’ldirish kerakligini tushuntira boshladi. Yon-atrofdagi odamlar meni juda ko’p boylikka ega inson deb o’ylardi, bundan men o’zimni noqulay seza boshladim. Men chekka nimalardir yozib qarshimdagi kotibga uzatdim.

U mendan hayratlanib so’radi: «Nega buni qaytadan yozib beryapsiz?»

Shu onda angladimki, summa yoziladigan joyga 6 emas balki, 56 dollar deb yozib qo’yibman. O’sha chog’da idrokim bo’layotgan voqealarni anglashga qiynalar edi. Men bank xodimlariga hatto vaziyatimni to’g’ri tushuntirishga ham ojizdek edim. O’z ishlari bilan band bo’lgan kotiblarning barchasi menga qarab qolishdi. Ulardan biri esa meni o’tkazmamni yakunlash uchun tayyorgarlik ko’rardi.

«Omonatingizni qay tarzda olmoqchisiz, janob?». — dedi menga qarab.

«Nima?», — deb tarmovsiradim.

«Pul qay tarzda bo’lsin, deyman?», — deb u yana istehzo bilan qaytardi.

Gapini anglagan zahotim unga «50 dollarlik banknotda» deya javob qildim.

U 50 dollarlik qog’oz pulni uzatdi.

«6 dollarni nima qilamiz?», — dedi sovuq ohangda ortidan.

Men uni ham olishimni aytdim. Olti dollarni ham olgach, ortimga qayrilib chiqish eshigi tomon yo’naldim. Eshik oldida esa ortimdan kulgu ovozlari eshitildi.

Shundan buyon bank xizmatlardan  hech ham foydalanmaydigan bo’ldim. Endilikda pullarimni o’z cho’ntagimda olib yuraman. Tejab qolgan kumushrang  dollarlarimni esa paypog’im ichiga solib qo’yaman.

Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × three =