MAYAMI UNIVERSITETI PROFESSORI O’ZDJTU TALABALARIGA BILIM ULASHADI

20.09.2023

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari tashrif buyurishdi.

Universitet rektori I.Tuxtasinov Oʻzbekistondagi AQSh elchixonasi Xalq diplomatiyasi boʻlimi mutaxassislari Haris Lipscomb va Hamid Inamxodjaev hamda AQShning Miami universiteti professori, Fulbright dasturi asosida 1 yil davomida universitetda amaliy mashgʻulotlar olib borish uchun tashrif buyurgan Clahar Deniseni qabul qildi.

Muloqot chog’ida AQSh bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, Oʻzbekiston ingliz tilini oʻqitishni rivojlantirish borasidagi ishlar boʻyicha fikr almashildi hamda mavjud aloqalarni yangi darajaga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Alisher Abidjanov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshlig’i X.Yuldashev va Filologiya fakulteti dekani S.Ziyayeva ishtirok etdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen − 13 =