MILLIY LIBOS – JAMIYAT KO’ZGUSI

03.03.2021

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetida 2021-yil 3-mart kuni ‘’Millliy  libos – ma’naviyat ko’zgusi’’ nomli ma’naviy-marifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Karimov Amrillo Ashurovich tantanali ochib berdi. Universitet xotin-qizlar raisi Jo’rayeva Nilufar  Dalubayevna tadbir tashkilotchilari va ishtirokchilarga o’z  minnatdorchiligini bildirib, milliy liboslarimiz haqida nutq so’zladi.

Tadbirda milliy  libos  va ularning  hududlar bo’yicha taqdimoti, milliy libos elementlarining zamonaviy liboslarda qo’llanilishi (libos  eskizlarining chizma namoyishi) hamda qiziqarli sahna ko’rinishlari o’rin  oldi. Dastlab, Surxondaryo milliy liboslarining taqdimoti bo’lib  o’tdi. Taqdimotda ushbu viloyat milliy liboslarining o’ziga xosligi haqida ma’lumot berildi. Taqdimotdan so’ng Surxondaryo milliy raqsiga navbat  berildi.

Shuningdek, tadbir davomida Samarqand, Buxoro, Farg’ona, Andijon, Xorazm, Toshkent viloyatlarining milliy liboslari taqdimoti hamda milliy  raqslari namoyish etildi. O’zbek  xalqining qadimiy urf-odatlarini, an’analarini o’zida  mujassamlashtirgan ‘’Kelinsalom’’ sahna ko’rinishi ijro  etildi.

’’Maftuningman’’ filmidan lavha havola etildi.

Tadbir barchaga ko’tarinki ruh, an’ana va urf-odatlarimiz, milliy  liboslarimizning naqadar betakror jozibasidan faxr va g’urur hissini baxshida etdi. Tadbir so’nggida ‘’Milliy libos – ma’naviyat ko’zgusi‘’ nomli insho va she’r  tanlovi g’oliblari hamda tadbir davomida faol qatnashgan  ishtirokchilar taqdirlandi.

Yangiboyeva Shahnoza Abdukarim qizi
O’zDJTU Xalqaro  jurnalistika fakulteti 

Axborot  xizmati va  jamoatchilik  bilan aloqalar  yo’nalishi
103-guruh  talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 + seventeen =