Maktab 3ta to‘rt kunlik Moduldan iborat. Ular 2021-yilning yoz-kuz oylarida Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
O‘quv dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Ma’lumotlar jurnalistikasiga kirish
- Ochiq ma’lumot manbalari
- Voqealarni ma’lumotlarga tayanib yoritish
- Ma’lumotlar tahlili
- Ma’lumotni vizualizatsiya qilish
O‘zbekistonning barcha hududlaridan 20 nafar jurnalist va bloger tanlab olinadi.
Maktabni tugatgan qatnashchilar mahalliy hamjamiyatlarda hamkasblari uchun mustaqil individual darslar o‘tadilar hamda o‘z DATA-hikoyalarini chop etadilar.
MJDC Data School – IDEM (Germaniya) ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazining “O‘zbekiston: OAV – ma’lumotlarning jurnalistik formatlari asosida yangiliklarni mustaqil yoritishni professionallashtirish” nomli loyihasining bir bo‘lagidir.
Maktabda o‘qish bepul.
Ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi arizani to‘ldiring: https://forms.gle/EbZF6qbGMRRwstT3A
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.