MOSKVA DAVLAT LINGVISTIKA UNIVERSITETI BILAN QO’SHMA TA’LIM DASTURIGA QABUL E’LON QILINDI

06.06.2022

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O’zDJTU) va Rossiyaning Moskva davlat lingvistika universiteti (MDLU) Qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha o’qish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlanganligini e’lon qiladi. 

Ta’lim yo’nalishi: Lingvistika: Tillar va madaniyatni o’qitish nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)

O’qish muddati: 4 yil – 3 yil O’zDJTUda va 1 yil MDLUda.

O’qishlarini muvaffayatli tamomlagan talabalarga ikkita diplom – O’zDJTU va MDLUning davlat namunasidagi  diplomlari beriladi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  1. MDLU rektori nomiga ariza (berilgan shakl bo’yicha, namunasi ilova qilinadi).
  2. Pasport nusxasi.
  3. Attestat yoki diplom (litsey yoki kollejdan olingan) ilovasi bilan.
  4. 3×4 hajmdagi fotosurat (1 dona).

MUHIM: Barcha hujjatlar rangli skaner qilingan, PDF formatida saqlangan holda international.uzswlu.uz@gmail.com elektron pochta manziliga yuborilishi lozim. Yuborilgan vaqtda “Тема” degan joyga abiturientning F.I.Sh. va “MDLUga hujjatlar” degan yozuv kiritilishi lozim.

Online tarzda hujjatlarni topshirish uchun havola.

Online anketa faqat kirill alifbosida rus tilida to’ldirilishi shart!

Hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 20-iyundan boshlanadi.

Batafsil ma’lumotni quyida PDF shaklda yuklab oling!

Qabul-MDLU-UZSWLU-2022

Anketa МDLU (rus tilida)

Ariza MDLU1 (rus tilida)

Ariza MDLU2 (rus tilida)

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 + sixteen =