MOSKVADAGI SKOLKOVO INNOVATSIYA MARKAZI TAJRIBASI O’RGANILDI
09.12.20242024-yil 8-dekabr kuni Moskvadagi Skolkovo innovatsiya markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Skoltexning maqsadli kapital jamgʻarmasi direktori Andrey Shket bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Toshkentdagi “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki negizida ilgʻor kompetensiyalar boʻyicha pilot markaz — “Tortishish nuqtasi” (“Tochka prityajeniya”) loyihasining amaldagi holati va kelgusi rejalar muhokama qilindi. Tashabbus iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlikni kengaytirish, Oʻzbekistonda zamonaviy texnoparklar va innovatsiya markazlarini yaratish boʻyicha istiqbolli rejalar koʻrib chiqildi. Tomonlar Skolkovo innovatsiya markazining tajribasini inobatga olgan holda, Oʻzbekistonda yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirish uchun samarali yondashuvlar yuzasidan fikr almashdilar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.