MSK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVINING DASTLABKI NATIJALARINI ELON QILDI

10.07.2023

Markaziy saylov komissiyasi 9 iyul’ kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalarini elon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 15,6 million kishi, ya’ni saylovchilarning 79 foizi ovoz berdi.

📈Saylovning dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev 13 million 625 mingdan, ya’ni 87 foizdan ortiq ovoz olgan.

Keyingi o‘rinlarda Robaxon Mahmudova 4,43 foiz, Ulug‘bek Inoyatov 4,02 foiz va Abdushukur Hamzaev 3,74 foiz ovoz to‘plagani ma’lum qilindi.

MSK raisi rasman Shavkat Mirziyoev Miromonovichni O‘zbekiston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

https://saylov.uz/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 + nine =