MUTAXASSISLAR UCHUN GERMANIYADA O‘QUV SAFARI TASHKIL ETILDI

17.07.2024

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Germaniya hamkorlik tashkiloti (GIZ) TVET akademiyasining “O‘zbekiston kasb-hunar taʼlimi tizimidagi islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida professional ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun Germaniyada o‘quv safari tashkil etildi.

Safar davomida Germaniya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (DGB), Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi (DIHK), Berlin global oʻrganish markazi (EPIZ), Kasbiy taʼlim va trening boʻyicha federal instituti (BIBB) hamda yirik ish beruvchi korxonalar (BVG, Schindler) vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Shuningdek, Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi vakillari bilan yurtimiz oʻquvchi-yoshlarini kasb-hunarga oʻrgatish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × two =