Namangan davlat chet tillari institutida dars mashg‘ulotlari boshlandi.
2023/2024-o‘quv yilining birinchi kunidan institut bag‘ri talabalar bilan to‘ldi. Bir olam tasavvurlar ila Oliy ta’lim muassasasi tomon oshiqqan yoshlar bugun auditoriyalarda ilk bor 1-kurs talabasi sifatida dars-mashg‘ulotlarida qatnashdilar.
Mustaqillik darsi va tanishuv jarayonlarida NamDChTI rahbariyati, xususan, institut rektori v.v.b. P. Lutfullayev ishtirok etib, talabalarga oliy ta’limning mohiyati, majburiy ta’limdan farqli va ustivorlik jihatlari xususida mulohazalarini bildirdi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i B. Samixonov esa boshqa bir auditoriya talabalari bilan institutning tashkil topish jarayonlari, maqsad-vazifalar, ma’muriy tuzilma, dars jarayonlarining o‘tish tartiblari xususida suxbat olib bordi.
Mustaqillik darslari kunning ikkinchi qismi va kechki ta’lim shakli talabalari uchun ham davom ettiriladi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.