NAMANGAN DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTIDA ITALYAN TILINI O’QITISH YO’LGA QO’YILMOQDA
20.02.2023Namangan Davlat chet tillari instituti Italiyaning Sannio, Kalabria va Piza universitetilari bilan hamkorlik o’rnatib kelmoqda.
Shu yilning 13-18 fevral kunlari institut rektor v.v.b. P.Lutfullayev Italiyaning Sannio universitetida bo’lib, ikki oliygoh o’rtasida tajriba almashish, yangi loyiha ishlab chiqish, talaba va o’qituvchi almashinuvini yo’lga qo’yish, institutda Italyan tilini ikkinchi til sifatida о‘qitishni boshlash uchun muzokaralar olib bordi.
Shu bilan birga Sannio universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunida NamDChTI va Sannio universiteti o’rtasida shartnoma imzolandi. Kelgusida institutning Italiya OTMlari bilan hamkorligi davom etadi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.