NAMANGAN DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

09.09.2024

“Yangi Namangan shaharchasi”da Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti yangi binosi foydalanishga topshirildi va 2024/2025 o’quv yiliga start berildi.

To‘rarqo‘rg‘on tumanida joylashgan Isoqxon Ibrat nomidagi mazkur institutda 2024/2025 o‘quv yilida 2,5 mingdan ortiq talaba 9 ta tilda bilim olmoqda. Ularga yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida institutga yangi o‘quv dargohini qurish uchun davlatimiz rahbarining topshiriqlari bilan “Yangi Namangan shaharchasi” hududidan 5 gektar yer maydoni ajratilib, 1000 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosini qurish uchun 49 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi.

Mazkur ob’ektda qisqa fursatda loyihada belgilangan 4 qavatli o‘quv va 5 qavatli ma’muriy bino, oshxona, sport zali hamda zamonaviy sport  maydonlari barpo etildi.

Bugun yangi bino taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, jamoani samimiy tabrikladi.

Ramziy lenta qirqilgach, yig‘ilganlar bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + 1 =