NEGA AYNAN GARVARD UNIVERSITETI?

31.05.2023

Garvard mamlakatdagi eng nufuzli o’quv maskanlaridan biri sifatida tanilgan. Garvard universiteti nomini eshitishning o‘ziyoq e’tiborni tortadi. Agar siz Garvardda o’qish haqida o’ylayotgan bo’lsangiz yoki shunchaki qiziqsangiz, Garvard nima uchun bunchalik yaxshi ekanligiga hayron bo’lishingiz mumkin.

Keling,  “NEGA AYNAN GARVARD UNIVERSITETI?”  degan savolga 10 ta sababni keltirib o’tamiz.

1. Chiroyli kampus

Garvard kampusini ko’rgan har bir kishi u yerga, albatta, borishni va eng go’zal manzaraga ega bo’lgan juda qadimgi kollej  muhitini his etishni istaydi.

Garvard kampusi  ko’plab ajoyib va ​​katta daraxtlarga ega bo’lib, qayerga borsangiz  noyob arxitekturasi e’tiboringizdan chetda qolmaydi.

Kampusning o’zi odamlarning Garvardda o’qishni yoqtirishining asosiy sabablaridan biridir.

bestcollegereviews.org ma’lumotlariga ko‘ra , Garvard kampusi Qo‘shma Shtatlardagi eng go‘zal 30 ta kampus qatoriga kiradi.

Talabalar shaharchasining go’zalligi kollej haqida ko’p odamlarda paydo bo’ladigan birinchi taassurotdir va Garvard kampusning o’zi universitetga tashrif buyurgan va qatnashayotganlar uchun qandaydir go’zallik yaratishi bilan faxrlanadi.

2. Ajoyib manbalar

Universitet o’z talabalari uchun mavjud bo’lgan eng yaxshi resurslarga egaligi bilan mashhur.

Uning  kutubxonasi 17 million jilddan ortiq bo’lgan dunyodagi eng katta kutubxonalardan biridir. Faqatgina ushbu resurs talabalarga o’zlariga  kerak bo’lgan deyarli barcha ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

Garvardda talabalarning chet elda o’qishi yoki chet elda tadqiqot olib borishini moliyalashtirish uchun resurslar ham mavjud. Universitet talabalarning u yoki bu nuqtada xalqaro tajribaga ega bo’lishining katta tarafdoridir. Shuningdek, ular talabalar uchun eng yangi texnologiya va jihozlarni taklif qilishadi.

Eng dolzarb bo’lgan hamma narsadan foydalangan holda o’qishni istaganlar uchun Garvard yaxshi tanlov bo’ladi. Bu tibbiyot va fan sohalarida o’qishni istagan talabalar uchun ayni muddao.

3. Yuqori sifatli ta’lim

Garvard dunyodagi eng yuqori sifatli ta’lim dargohlaridan biri sifatida dunyoga tanilgan.

Uning ta’lim standartlari hech kimdan kam emas va Garvardda o’qiydigan talabalarga dunyodagi eng yaxshi professorlar dars berishi kafolatlanadi.

Bu dargoh 3,700 dan ortiq kurslarni taklif etadi, talabalar jahon darajasidagi laboratoriyalar va tadqiqot markazlarida o’qish imkoniyatiga ega.

Garvardning akademik muhiti talabalarga eng yaxshi ta’lim muhitini taqdim etadi.

Sinf kattaligi ham o’quvchilarning muvaffaqiyatiga hissa qo’shadi. Bu talabalarga professorlardan ko’proq individual e’tibor olish imkonini beradi.

Ularning talabalar va o’qituvchilar nisbati 7:1 ni tashkil etadi, bu ham talabalarga yanada diqqatli o’quv muhitini yaratib beradi.

Garvardda ta’lim olish oson emas, lekin talabalar o’zlarining kelajakdagi karyeralarida ustun bo’lishlari kerak bo’lgan narsalarni aniq bilib, Garvardni tark etadilar. Garvardni tugatgan talabalar eng muvaffaqiyatli martabalarga ega bo’lishadi.

Garvardning ko’plab mashhur bitiruvchilari bo’lgan, jumladan, Ralf Valdo Emerson, Tommi Li Jons, Natali Portman, Jon Kennedi, Al Gor, Barak Obama va Bill Geyts.

4. Turli xil dasturlar

Garvard o’qish uchun turli xil dasturlarni taklif qiladi.

Huquq, tibbiyot, sotsiologiya, psixologiya, jurnalistika yoki boshqa sohalarga qiziqasizmi, ehtimol sizni qiziqtirgan dasturni topishingiz mumkin.

Hammasi bo’lib Garvardda bakalavriat va magistr darajalarini taklif qiluvchi 13 turdagi maktab mavjud.

Ushbu 13 xil maktabdan 50 ta konsentratsiyalar mavjud, ular kollej mutaxassisliklari deb ham ataladi.

Garvard maktablariga quyidagilar kiradi:

  • Garvard biznes maktabi
  • Garvardning uzluksiz ta’lim bo’limi
  • Garvard ilohiyot maktabi
  • Garvard san’at va fanlar fakulteti
  • Garvard san’at va fanlar oliy maktabi
  • Garvard Oliy dizayn maktabi
  • Garvard Oliy ta’lim maktabi
  • Garvard Jon A. Paulson muhandislik va amaliy fanlar maktabi
  • Garvard Kennedi maktabi
  • Garvard yuridik maktabi
  • Garvard tibbiyot maktabi
  • Garvard stomatologiya maktabi
  • Garvard TH Chan jamoat salomatligi maktabi.

5. Karyera — ish topish osonroq

Sizning rezyumeingizda Garvardda o’qiganligingiz bo‘lsa, darhol lavozimga ishga qabul qilishadi. Chunki Garvardda ta’lim olish oson emas.

Ish beruvchilar buni bilishadi, shuning uchun siz biror-bir joyga murojaat qilganingizda, yuqori darajadagi universitetda ta’lim olganligingiz hisobga olinadi.

Talabalar Garvard universitetini tamomlaganlarida, u yerda ta’lim olishlari tufayli biror martabaga erishishda juda kam vaqt sarflaydi.

Garvard o‘z  talabalariga  o’qish paytida ham ish topish imkoniyatini yaratadi. Bu sizning qiziqqan sohangiz bo’yicha potensial tajribaga ega bo’lishga imkon beradi.

6. Kontaktlar tarmog’i

Ma’lumki, Garvard diplomini olgan odamlar o’z karyeralarida juda muvaffaqiyatli bo’lishadi va dunyodagi eng yirik kompaniyalarga ishga joylashadilar.

Buning sababi, Garvard universitetida talaba sifatida o’qiyotganingizda, siz yirik kompaniyalarda muvaffaqiyatli martabada ishlayotgan Garvard bitiruvchilari tarmog’i bilan tanishasiz.

Ushbu tarmoqni amalga oshirish orqali talabalar hatto bitiruvdan oldin ham ishga taklif imkoniyatlariga ega bo’ladilar.

Garvard sizni professorlar bilan bog’lanishga, klublar va tashkilotlarga qo’shilishga undaydi, shunda siz yangi odamlar bilan tanishishingiz va martaba topishni umid qilayotgan ta’lim sohasi haqida ko’proq ma’lumot olishingiz mumkin.

Garvard universiteti bitiruvchisi bo’lganingizdan so’ng siz ko’plab tarmoq imkoniyatlaridan ham foydalanasiz.

Garvard sizni o’qishni tugatgandan keyin ham qo’llab-quvvatlashda davom etadi va sizning muvaffaqiyatga erishishingizni ko’rishni xohlaydi.

7. Darsdan tashqari “ishlar”

Garvard talabalar uchun darsdan tashqari tadbirlarning ko’pligi bilan mashhur.

Talabalar ishtirok etishi uchun 450 dan ortiq klub va tashkilotlar mavjud bo’lib, o’qish sohasiga to’g’ri keladigan darsdan tashqari mashg’ulotlarni topishingiz mumkin. Jumladan, komediya, biznes va jurnalistika tashkilotlari mavjud.

Garvard sizga o’z klubingizni yoki tashkilotingizni ochishingiz uchun mablag‘ ham ajratishi mumkin, ko‘rib turganingizdek, imkoniyatlar cheksizdir.

Tashkilotlardan tashqari, agar talabalar universitet orqali jamoaviy sport bilan shug’ullanishni xohlasalar, Garvardda 42 dan ortiq universitet sport jamoalari mavjud.

8. Moliyaviy yordam

Garvardda saxovatli moliyaviy yordam dasturi mavjud bo‘lib, mazkur dastur moliyaviy muammosi mavjud talabaga ko’maklashadi.

Ularning moliyaviy yordam dasturi ehtiyojga asoslangan va ko’plab talabalar uchun Garvardda o’qish narxi mahalliy yoki shtat kollejida o’qish bilan bir xil yoki kamroq bo’ladi

Garvard ma’lumotlariga ko’ra, oilalarning 20 foizi o’qish uchun hech qancha to’lamaydi va talabalarning 55 foizi Garvard stipendiyasi yordamini oladi.

Agar talaba Garvardga qabul qilinsa, lekin to’liq o’qish uchun pul to’lay olmasa, u darhol universitet bilan bog’lanib, moliyaviy yordam bo’limi bilan hamkorlik qilishi va mavjud variantlarni muhokama qilishi mumkin.

Garvard universitetga qabul qilishni hech qachon moliyaviy yordam zarurligi bilan asoslamaydi.

Talabani universitetga qabul qilishda bu hech qachon hisobga olinmaydi.

Ular har kimning moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar ariza topshirishlarini va qabul qilingan, katta moliyaviy yordamga muhtoj bo’lgan har qanday talabaga yordam berishda qat’iy pozitsiyaga ega bo’lishlarini xohlashadi.

9. Ajoyib joylashuv

Garvard texnik jihatdan Bostondan Charlz daryosi bo’yida Massachusets shtatining Kembrij shahrida joylashgan.

Boston sport o’yinlari, restoranlar, xaridlar va diqqatga sazovor joylarni o’z ichiga olgan juda ko’p g’aroyibotlarga ega ulkan shahar.

Garvardda o’qiydiganlar odatda Boston hududida yashashni yaxshi ko’radilar.

10. Yaxshi uy-joy

Garvard taklif qiladigan turar joy juda zo’r va ko’plab talabalar o’qish davomida to’rt yil kampusda qolishadi.

Garvardda o’qiganingizning birinchi yili siz Garvard Yardda qolasiz, bu kampusdagi tarixiy turar joy zali hisoblanadi.

Birinchi kurs talabalari, shuningdek, ular uchun yaratilgan Ochilish kunlari va Garvard-Yale eshigi kabi tadbirlarda qatnashadilar.

Garvarddagi birinchi yilning oxirida uy-joy kunida qatnashasiz.

Bu sizga Garvardda qolgan vaqtingiz uchun istiqomat qiladigan yuqori darajadagi turar joyingiz tayinlanadigan kun.

Siz hali ham o’tiribsizmi? Garvard — cheksiz imkoniyatlar universitetiga harakatni hozirdanoq boshlang!

Garvard sizni intiqlik bilan kutmoqda!

Saida SABIROVA tarjimasi,
O‘zDJTU, Media va kommunikatsiya fakulteti
2-bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

ten − seven =