NEMIS TILI O‘QITUVCHILARINING AN’ANAVIY 17-ANJUMANIGA START BERILDI

07.11.2024

Bugun, 7-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilarining an’anaviy 17-anjumani o‘z ishini boshladi.

Unda mamlakatimiz bo’ylab 250 nafardan ortiq nemis tili o’qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Anjumanni tashkil qilishda Germaniya va Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixona vakillari, Toshkentdagi Gyote institutning filliali, ZdFa, Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD), Saksoniya federal o‘lka ta’lim vazirligi, shuningdek, Ernst Klett, Hueber va Cornelsen nashriyoti vakillari hamkorlik qilmoqda.

Anjumanni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori  I.Tuxtasinov ochib berdi. O‘zDJTU rektori bugungi anjumanda mahalliy va qo‘shni Respublikalardan ham nemis tili o‘qituvchilarining ishtirok etishi bir qator vazifalarni muhokama qilish imkonini berishini, ushbu tadbirni o‘tkazishga O‘zDJTU hissa ham qo‘shayotganligini ta’kidladi va anjuman ishtirokchilariga omad tilab qoldi.

Anjuman ishi 8-noyabr kuni ham davom ettiradi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 − 4 =