NEMIS TILINI O’RGANISH ISTIQBOLLARI NIMADA? 

14.02.2023

Til o’rganish bu dunyoga yangicha nigoh tashashdir, yani yangi o’lkalarni kashf etish demakdir. Til o’rganishning bugungi kundagi ahamiyatini barchamiz juda yaxshi anglaymiz. Bugungi siyosiy vaziyatdan kelib chiqsak ham til bilish eng muhim faktorlardan biriga aylanib bormoqda. Behbudiy bobomiz aytganidek, hozirgi zamonda ikki emas to’rt til lozim!  Darhaqqiqat, so’ngi yillarda mamlakatimizda ham chet tillarining o’qitilishini takomillashtirish borasida ko’pgina ishlar amalga oshirildi.

BMT tomonidan, ingliz, arab, ispan, xitoy, rus hamda fransuz tillari dunyo tillari deb tan olingan. Ayniqsa, go’yoki ingliz tilini bilsak butun dunyoni tushunadigandek, barcha bizni tushunishi shartdek his qilamiz, toki yevropaga o’qish yoki ishlashga ketmagunimizcha. Nima uchun Yevropaga ketmoqchi bo’lgan inson uchun nemis tilini o’rganish maslahat beriladi, hech qiziqib ko’rganmisiz?

Rasm internetdan olindi

Yevropa hudud jihatdan kichikroq. Ammo, u bitta davlat emas, ko’plab davlat va madaniyatlar ittifoqi. Har biri o’z ona tilini qadrlaydi. O’qish uchun  borgan bo’lsangiz universitetingizda, balki, ingliz tilida ta’lim berilishi mumkin biroq, mahalliy tilni bilmasak, aholi bilan so’zlashish, do’st orttirish, ish topish, shifokor qabuliga borish, agar ishlash yoki “yaxshiroq hayot” tarzi istab ketgan bo’lsangiz ijara va shunga o’xshash hujjatlar bilan aloqador masalalarni hal qilish qiyin. Masalan, do’konda yoki boshqa yerda “Do you speak English?” deb so’rayverish va “Entschuldigung, ich kann Englisch nicht gu“ degan javob olaverish bilan muammoni hal qilib bo’lmaydi. Chunki, bilasiz Yevropada eng ko’p gaplashiladigan til bu nemis tili.

Germaniya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Shvetsariya, Avstriya kabi Yevropaning katta davlatlarida nemis tili mahalliy til – davlat tili hisoblanadi. Bundan tashqari, nemis tili shimoliy Italiya, sharqiy Belgiya, Gollandiya, Daniya, Fransiya sharqida, Polsha, Chexiya va Ruminiya aholisining ko’p qismi uchun ona tilidir. Ayniqsa, Vena kabi tartib, infrastruktura, ko’p millatlilik, imkoniyatlar, tarix, arxitekturaga boy shaharda yashashni rejalashtirayotgan bo’lsangiz hozirdan nemis tili kurslariga yozsilishni maslahat beramiz. 

Qo’shimcha ma’lumot sifatida aytib o’tishim lozimki agar siz o’sha yerga borgach o’rganaman desangiz ancha qimmatga tushishingiz mumkin. O’quv markazlarida kurslar narxi  eng arzoni 450 yevrodan kam emas. To’g’ri, Daniya kabi davlat tili dat tili yoki fin tili  bo’lgan mamlakatlar ham bor. Lekin Fin-ugor tillar oilasiga kiruvchi ushbu qadimiy tillar o’rganish uchun qiyin hisoblanadi va dunyo reytingida ilmiy manbalar soni va o’sish darajasi jihatidan nemis tiliga nisbatan quyiroq o’rinlarni egallaydi. Zotan, nemis tili butun dunyo bo’ylab o’rganilayotgan chet tillari bo’yicha 3-o’rinni, Yevropa va Yaponiyada ingliz tilidan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. 

O’rganish sabablariga qaytib, ularni sanab o’tsak

• Stajirovka (Internship)larga topshirish yoki yangi sohalarda tajriba orttirish uchun. Nemis tili karyera imkoniyatlarini karrasiga oshiradi; DAAD, Stipendium Copernicus kabi nufuzli, barcha xarajatlari qoplanadigan dasturlarga qatnashmoqchi, ular orqali yevroani tomosha qilmoqchi bo’lgan talabgorlar uchun ham nemis tili ayni muddao. Shuningdek, bu orqali siz shaxsiy budjetingizni ham ancha tejagan bo’lasiz;
• Nemis tilini bilish Germaniya kabi Yevropa Ittifoqi va Sharqiy Yevropa mammalakatlarida ko’plab korxonalari bor, jahon eksportida yetakchi o’rinlarni egallab kelayotgan  davlatda biznes qilish imkoniyatini beradi;
• Oilaviy ketishni rejalashtirgan bo’lsangiz, bog’chalar, maktablarning asosiy o’quv tili nemis tilidir. Farzandinigizning olayotgan bilimlari baribir ushbu til va yashayotgan  shahringiz hayotiga bog’liq bo’ladi. U ulg’ayayotgan dunyoni, yangiliklarni, do’stlarini tushunmay qolishni, vaqti kelganda  uning huquqlarini hiomoya qila olmay qolishni xohlamasangiz;
• Mahalliy aholi an’analari, urf-odat, madaniyatini o’rganishni, tushunishni xohlasangiz, dunyoqarashingizni yanada kengaytirishni xohlasangiz;
• Falsafa fani daholari: Nitsshe, Kant, Gegel, Marks va boshqalarning asarlariga qiziqsangiz, ularni asl tilida o’qiyolish imkoniyati;
• Har qanday holatda, oddiy do’kon yoki shifokor huzurida o’zingizga ishonchni yo’qotishni istamasangiz.

Bir so’z bilan aytganda, til o’rganing, dunyoqarashingizni kengaytiring. Bugungi kunda buning uchun barcha kerakli sharoitlar mavjud. “Tashqarida” o’zbek tiliga o’girilmagan butun bir olam bor. Ko’proq o’qing, zero bu shunga arziydi.

Jalilova Nilufar Olim qizi,
O’zDJTU Media va kommunikatsiya fakulteti 2-bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen − nine =