“NEW OLDS. DIZAYNDA AN’ANA VA INNOVATSIYALAR” KO’RGAZMASINING OCHILISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

05.04.2021

2021-yilning 2-aprel kuni Toshkentdagi Gyote institutida Kurator Folker Albus bilan birgalikda Xorijiy aloqalar instituti ifa “NEW OLDS. Dizaynda an’ana va innovatsiyalar” nomli ko’rgazmaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ko’rgazmadan zamonaviy dizayndagi an’analar va innovatsiyalar o’rtasidagi bog’liqlikni ochib beruvchi 60 ga yaqin eksponat o’rin olgan. Eksponat yondashuvlari xilma-xil bo’lib, material, qurilish, konfiguratsiya, ishlab chiqarish xususiyatlari va an’anaviy foydalanish kabi mavzularni qamrab olgan. Ko’rgazma doirasida Germaniya, Yevropaning boshqa davlatlari hamda AQShdan bo’lgan 45 nafar dizayner va dizaynerlar guruhlari qizg’in munozaraga kirishdilar.

Mazkur ko’rgazmaning xalqaro ahamiyati shundaki, bu tadbir butun dunyo bo’ylab ko’rsatilib, mahalliy madaniyatlar bilan o’zaro aloqasida yaqqol aks etadi.

Ko’rgazma doirasida o’tkaziladigan barcha tadbirlarda yaratilgan badiiy asarlarni hujjatlashtirish, turli mamlakatlar va madaniyalararo zamonaviy dizayn nazariyasi va amaliyoti bo’yicha dialogni boshlash va bu borada fikr almashishga yordam beradi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × four =