NOSIR MANSUROVICH QAMBAROV XOTIRASIGA

06.10.2020

«O’zbekistonda xorijiy tillar» jurnali tahririyati, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari joriy yilning 26-avgust kuni hamkasbimiz, ingliz tilida yozilgan ilmiy maqolalar muharriri, professor, filologiya fanlari nomzodi Qambarov Nosir Mansurovichning vafot etgani munosabati bilan marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor qilib, chuqur hamdardlik bildiradi.

U butun mehnat faoliyatini O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarni o’qitish va tarjimashunoslik hamda ingliz tili sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishga bag’ishladi.

Nosir Mansurovich Qambarov 1956-yil 13-fevralda Toshkent viloyatida tug’ilgan. 1980-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlab, Chet tillar pedagogika institutida ishladi va keyinchalik uning bu faoliyati universitetimiz ta’limiga asos bo’ldi. N. M. Qambarov universitetimizga 40 yillik mehnat faoliyatini bag’ishladi, o’qituvchi, katta o’qituvchi sifatida ishladi, kafedraga rahbarlik qildi, fakultet dekani lavozimlarida ish olib bordi.

U haqida juda ko’p yaxshi so’zlarni aytish mumkin: ko’p tillarni biladigan iste’dodli tilshunos, mehnatsevar, turfa sohalar haqida, jumladan, ingliz tilining talaffuz normalari, turli xil turkiy tillarning so’zlashuvi haqida qiziqarli ma’lumotlarni hikoya qilib beradigan shaxs edi. Tarjima nazariyasi bilan bog’liq ko’plab lug’atlar, monografiyalar, qo’llanmalar va maqolalar muallifi. Nosir Mansurovich o’z doktorlik dissertatsiyasi yuzasidan tillar bo’yicha ko’plab qiziqarli kuzatuvlarni amalga oshirgan bo’lsa-da, dissertatsiyani himoya qilishga hali ulgurmagan edi… Bizning tahririyatimizda bu shaxsning o’rni bo’lak edi: mualliflik materiallari ustida tezlik bilan ishlardi, qimmatli maslahatlar berardi. Nosir Mansurovich Qambarovdek insonning o’rni biz uchun juda bilinmoqda.

Hamkasblari, O’zDJTU professor-o’qituvchilari

2 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Kuysin Tukhtaeva
    #1 Kuysin Tukhtaeva 24 Oktabr, 2020, 10:39

    Ҳурматли жамоа! марҳум устозимиз Носир Мансурович Қамбаров энди орамизда йўқ, аммо устознинг таълим -тарбияси, ёзган ўқув-қўлланма ва дарсликлари, луғатлари ёш авлодни тарбиялаш ва уларга таълим беришда дастурул амал бўлиб хизмат қилади. Устозимиз, филология фанлари номзоди, университет профессори Қамбаров Носир Мансуровнинг ёрқин хотираси ва шогирдларига берган ҳаёт сабоқлари қалбимизда боқий яшайди.

    Reply this comment
  2. DIlafruz
    #2 DIlafruz 17 Yanvar, 2024, 12:32

    Allohim Ustozimiz Qambarovni oxiratlarini obod qilsin. Oilasiga go’zal sabr, farzandlariga u kishining umrlarini qo’shib bersin. Juda yaxshi inson edilar. Xotirangiz abadiy yashaydi Ustoz

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − five =