NUFUZLI XALQARO WILEY ONLAYN KUTUBXONASI OLIMLAR VA TADQIQOTCHILAR UCHUN O‘Z ESHIKLARINI OCHDI
22.09.2020O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xorijiy ilmiy nashriyotlar (Elsevier, Springer Nature, Wiley va boshqalar) bilan faol hamkorlikni olib bormoqda.
Akademik nashrlar taqdim etishga ixtisoslashgan «Wiley« xalqaro nashriyot uyi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida 2020 yilning 15 sentyabridan mamlakatimizdagi Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari «Wiley Online Library» elektron resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Loyihaning asosiy maqsadi – olimlarimizning butun dunyodagi eng ilg‘or ilmiy maqolalarni o‘z ichiga olgan xorijiy nashriyotlarning ilmiy-texnik axborotlar bazasidan foydalanishlarini ta’minlashdir.
Ta’kidlash joizki, Wiley Online Library keng qamrovli, fanlararo internet-resurslar to‘plamini taqdim etadi. Platforma 200 yildan ziyod tadqiqotlar natijalariga, shu jumladan biologiya fanlari, tibbiyot, fizika, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha eng nufuzli manbalarga kirish imkoniyatini beradi. Ushbu resursda 2300 dan ortiq jurnallar, 16000 dan ortiq elektron kitoblar va yuzlab ko‘p jildli ma’lumotnomalar va boshqa materiallar mavjud.
Bundan tashqari, Wiley Online Library ma’lumotlar bazasidan xorijdagi ilmiy hamkorlarni va ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning tashqi manbalarini izlab topish hamda o‘z ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirish uchun foydalanish mumkin. Xalqaro tajribadan ma’lumki, ilmiy tadqiqotlar natijalaridan samarali foydalanish to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar oqimini ko‘paytiradi, mamlakat iqtisodiy salohiyati va unumdorligini oshiradi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.