OʻZBEKISTON-QIRGʻIZISTON OLIY TAʼLIM MUASSASALARI REKTORLARINING I XALQARO FORUMI BO’LIB O’TMOQDA

04.10.2023

Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar va ilm-fan sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ishtirokchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Anjuman avvalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov nutq so‘zlab, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida oliygohlar soni 211 taga yetgani, jumladan 30 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari tashkil etilganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida bugungi kunda 90 dan ortiq universitetlararo hamkorlik shartnomalari va memorandumlari mavjud bo‘lib, ular hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilayotgani ham mamnuniyat bilan qayd etildi.

https://edu.uz/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × one =