OʻZBEKISTON-QOZOGʻISTON | TAʼLIM SOHASIDAGI HAMKORLIK KENGAYMOQDA

23.12.2022

Oʻzbekiston va Qozogʻiston rahbarlarining kengaytirilgan muzokaralari yakunida ikki davlat oʻrtasida turli sohalardagi kelishuv va shartnomalar qatorida oliy taʼlim va undan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Hujjat ikki mamlakatning oliy taʼlim tizimiga masʼul rahbarlar tomonidan imzolandi va oʻzaro manfaatli hamkorlikni bundan buyon ham davom ettirishga kelishib olindi.

Bitim har yili 20 nafar ikki mamlakat fuqarolarini oliy oʻquv yurtlarda oʻqitish, Oʻzbekistonda qozoq tili va adabiyoti, Qozogʻistonda esa oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitishni yoʻlga qoʻyish, taʼlim va ilm-fan sohasida loyihalarni amalga oshirish, dasturlar, konferensiya, seminar, mahorat darslari, olimpiadalar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, ikki davlat ilmiy jurnallarida maqolalar chop etishni kuzda tutadi.

Taʼkidlash oʻrinliki, bugungi kunda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida universitetlararo aloqalar yanada kengaydi. Hozirda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oliy oʻquv yurtlari (Qozogʻistonning 70 dan ortiq universiteti) oʻrtasida hamkorlik boʻyicha 230 dan ortiq shartnoma va memorandum mavjud. 

Mamlakatimizning 6 ta oliy oʻquv yurtida qozoq tili va adabiyoti yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlanmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekistonda har yili Qozogʻiston oliy oʻquv yurtlarining “Qozogʻiston taʼlim kunlari” koʻrgazma-yarmarkalari oʻtkaziladi.

Bugungi muzokaralarda tomonlar Markaziy Osiyo rektorlari forumini bundan buyon anʼanaviy tarzda tashkil etib borishni qoʻllab-quvvatladilar. Maʼlumot oʻrnida, joriy yil 12-13-may kunlari Olmaota shahrida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari rektorlarining birinchi forumida yurtimizning 15 dan ortiq oliy oʻquv yurti rektori va vazirlik masʼullaridan iborat delegatsiya ishtirok etgan edi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty − eight =