OʻzDJTUDA “XITOY TILIDA HUSNIXAT” NOMLI TOʻGARAK ISH BOSHLADI

06.03.2023

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida “Xitoy tilida husnixat” nomli toʻgarak ish boshladi. Toʻgarakda xitoy tili husnixatiga qiziquvchi 2- va 3-kurs talabalari ishtirok etishmoqda.

Mazkur kurs davomida talabalar xitoy tili iyerogliflarining yozilish qoidalari, husnixat tartiblari bilan tanishish, o‘quv materiallaridan foydalanib, mustaqil ravishda xitoy tili husnixati bilan ishlash imkoniga ega boʻladilar. Darslar davomida talabalar yozish qoidalaridan tashqari yana Xitoyning an’anaviy rassomchiligi bilan ham tanishishlari mumkin.

Ma’lumot o’rnida, mazkur oʻquv yilidan boshlab tashkillashtirilayotgan bu to’garak Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi oʻqituvchisi Ergasheva Mahliyohon tomonidan olib borilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 1 =