OʻZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI REKTORI MEDIA VA KOMMUNIKATSIYA FAKULTETIDA BO’LDI

13.09.2023

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Media va kommunikatsiya fakultetiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Rektor auditoriyalarga kirib taʼlim olayotgan yoshlarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy taʼlim tizimida ta’lim-tarbiyaviy ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida toʻxtaldi.

I.Tuxtasinov barcha talabalarga egallangan bilim – buyuk kelajak poydevori ekanligini taʼkidlab, ularni o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 + 8 =