OʻZBEKISTON-KOREYA REKTORLARI FORUMI O‘Z ISHINI SEKSIYALARGA BO‘LINGAN HOLDA DAVOM ETTIRMOQDA

27.03.2023

1-seksiya ishida universitetlarning iqtisodiy oʻsishga qaratilgan innovatsiyalar va texnologiya sohalaridagi tashabbuslar, shuningdek, ilgʻor muhandislik maktablarini rivojlantirish, ishlab chiqarish va taʼlim hamkorligi masalalari muhokama qilinmoqda.

Muzokaralarda Oʻzbekiston tomonidan Toshkent davlat transport, Toshkent arxitektura-qurilish, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetlari, Toshkent kimyo-texnologiya hamda Andijon mashinasozlik institutlari rektorlari, Koreya tomonidan esa Tongmyong, Kukmin, Yongnam oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari ishtirok etmoqda.

Ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim sohasida hamkorlik va almashinuvni rivojlantirish

Ikkinchi seksiyada ilm-fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik doirasida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuv dasturlarini jadallashtirish boʻyicha kelishuvlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Oʻzaro muzokaralarda mamlakatimiz tomonidan Oʻzbekiston milliy, Oʻzbekiston davlat jahon tillari, Samarqand davlat, Qoraqalpoq davlat, Qarshi davlat, Urganch davlat, Termiz davlat universitetlari, Koreyaning ham qator oliy o‘quv yurtlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nine − two =