O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM MUASSASALARI MAGISTRANT TALABALARI DIQQATIGA!

26.04.2019

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi Germaniyaning qishloq xo‘jaligi va turizm sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarida 6 oy muddat davomida stajirovka o‘tashga mo‘ljallangan dastur uchun tanlov e’lon qiladi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Germaniyaning “LOGO” nodavlat notijorat tashkiloti bilan birgalikda Germaniyaning qishloq xo‘jaligi korxonalari va sayyohlik firmalarida stajirovka o‘tashlari uchun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari magistratura talabalarini saralash tanlovini e’lon qiladi.

Stajirovka dasturi maqsadi – Germaniya qishloq xo‘jaligi va turizmi kompaniyalarida amaliy tajriba va ilg‘or bilimlarni egallagan holda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari magistratura talabalarining professional ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

Dastur uchun ko‘rsatilayotgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (kamida 22 yosh), O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari magistranti, shuningdek, ingliz yoki nemis tilida erkin so‘zlasha oladigan bo‘lishi lozim.

Stajirovka dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda Germaniyada talabalarning stajirovka o‘tashlari uchun joy ajratayotgan kompaniyalar bilan birgalikda moliyalashtiriladi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stajirovka o‘tash uchun tanlangan nomzodlarning yo‘l xarajat (aviato‘lovlar, aeroportdan stajirovka o‘tash joyigacha bo‘lgan xarajat)larini o‘z zimmasiga oladi. Qolgan barcha xarajatlar, shu jumladan, har oylik stipendiyalar Germaniya kompaniyalari tomonidan qoplanadi.

Tanlov 4 bosqichda olib boriladi:

  • 1-bosqich: «LOGO» nodavlat-notijorat tashkiloti rasmiy saytida (https://logoev.de/fachpraktika-de/bewerbungen.html.) joriy yilning 25 aprelidan boshlab 20 mayga qadar onlayn hujjatlar qabul qilinadi.
  • 2-bosqich: Joriy yilning 25 may sanasidan 30 maygacha har bir nomzod “El-yurt umidi” jamg‘armasi va «LOGO» nodavlat-notijorat tashkiloti vakilaridan iborat Tanlov komissiyasi tomonidan test sinovi va suhbatdan o‘tkaziladi.
  • 3-bosqich: 2019 yilning iyun oyi nihoyasida barcha imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar hujjatlari Germaniya kompaniyalariga taqdim qilinadi.
  • 4-bosqich: Tanlovning yakuniy natijalari bo‘yicha nomzodlar Germaniya kompaniyalariga joylashtiriladi.

Nomzodning stajirovka dasturida ishtirok etishi bo‘yicha so‘ngi qaror Germaniyaning muayyan bir tashkiloti yoki kompaniyasi tomonidan chiqariladi. Zaruriy hollarda nomzod o‘zi stajirovka o‘tuvchi kompaniya, tashkilot yoki fermer xo‘jaligi mutassaddi vakillari tomonidan Skype orqali suhbatdan o‘tkazilishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va tanlov shartlari bilan Jamg‘arma rasmiy sayti www.eyuf.uz manzilida keltirilgan yo‘riqnoma orqali tanishishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (71) 203-00-43

Manba: eyuf.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen − 8 =