O’ZBEKISTON OTMLARI SHVEYSARIYA BILAN HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLAMOQDA

20.02.2019

Bugun, 20 fevral kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Shveysariyaning O’zbekistondagi elchixonasi vakillari tashrif buyurishdi.

Universitet kampusi uzra bo’lgan kichik sayohatdan so’ng, tomonlarning rasmiy uchrashuvi bo’lib o’tdi. Mazkur uchrashuvda G’.Raximov rahbarligidagi universitet vakillari Shveysariyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi yordamchisi Domenika Petr hamda elchixonaning madaniyat bo’limi xodimi Shkarina Irina xonimlarni qabul qildi.

Samimiy suhbat davomida tomonlar O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Shveysariya Konfederatsiyasi oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish; fransuz, nemis va ingliz tillari bo’yicha mutaxassislarni jalb qilish; qo’shma dasturlar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish kabi masalalarni muhokama qildilar.

Rasmiy uchrashuvdan so’ng mehmonlar universitet axborot-resurs markaziga tashrif buyurishdi. Mehmonlar yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishar ekan, elchixona tomonidan universitet ARM fondiga – o’quv materiallar, adabiyotlar, qo’llanmalar topshirishini alohida ta’kidlab o’tdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nineteen + 16 =