O‘ZBEKISTONDA “YOSH KITOBXON” TANLOVINING 2019-YIL MAVSUMIGA ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

08.04.2019

Tanlovda mamlakatda istiqomat qilayotgan millati va tilidan qat’iy nazar 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

“Yosh kitobxon”da ishtirok etishni xohlovchi yoshlar joriy yilning 1-aprelidan 15-mayiga qadar Yoshlar ittifoqining ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari yoki mahalliy kengashlariga ariza bilan murojaat qilib, o‘zi haqidagi tegishli ma’lumotlar (tanlov anketasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxalari)ni taqdim etadi.

Tanlov quyidagi uchta yosh toifasi bo‘yicha alohida tartibda o‘tkaziladi:

10 yoshdan 14 yoshgacha;

15 yoshdan 19 yoshgacha;

20 yoshdan 30 yoshgacha.

“Yosh kitobxon”ning 2019-yilgi mavsumi uchun saralab olingan kitoblar ro‘yxati haqida Yoshlar ittifoqining hududiy va mahalliy kengashlari orqali ma’lumot olish mumkin.

Tanlov g‘oliblariga Prezident sovg‘asi — Spark avtomobili topshiriladi.

Manba: O’zbekiston yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

8 + 1 =