O‘ZBEKISTONDAGI FRANSIYA ELCHIXONASI “FESTIVAL UCHUN AFISHA” TANLOVINI E’LON QILADI

30.01.2019

O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasi “Festival uchun afisha” tanlovini e’lon qildi. Unda Siz ham ishtirok eting!

Rasm chizishga qiziqasizmi? “Festival uchun afisha” tanlovida ishtirok eting. Tanlov qoidalari bilan tanishib chiqing va yozilish varaqasini to‘ldiring, yaratgan afishangizni 25-fevraldan kechiktirmasdan quyida keltirilgan manzilga jo‘nating.

Umumiy qoidalar. Tanlovda o‘quvchilar va talabalar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilarning yoshi cheklanmagan. Tanlovda yakka va jamoa bo‘lib ishtirok etish mumkin: jamoa ko‘pi bilan 3 kishidan iborat bo‘lishi lozim.

Tanlov maqsadi. Ishtirokchilar 2019 yil 14-16-mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston yoshlar teatrida bo‘lib o‘tadigan talabalar va o‘quvchilar uchun frankofon teatr va ashula festivaliga atab afisha yaratishlari lozim. Afisha matni fransuz tilida tuziladi, o‘zbek va/yoki rus tilida ma’lumotlar ham berilishi mumkin.

 Tanlov yakunlari va mukofotlar. Tanlab olingan afishalar Frankofoniya bayramida namoyish etiladi. Tanlov natijalari Frankofoniya bayramida, keyin Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi saytida e’lon qilinadi. Eng yaxshi afishalar mualliflariga Frankofoniya bayrami paytida turli sovg‘alar taqdim etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasi saytidan olishingiz mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 − 16 =