O‘ZBEKISTONLIK TALABALAR “GOOGLE”NING STAJIROVKASIDA QATNASHISHI MUMKIN

06.04.2019

Google Summer of Code stajirovkasiga arizalar qabul qilinmoqda, deb xabar beradi Spot.

Stajirovkada dunyo bo‘ylab (AQSh embargoni qo‘llagan mamlakatlardan tashqari) 18 yoshdan oshgan talabalar ishtirok etishi mumkin. Nomzod akkreditatsiyadan o‘tgan Oliy o‘quv yurtida bakalavr, magistr yoki aspirantura dasturiga kiritilishi va uch oylik dastur mobaynida o‘z mamlakatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Talabalar Google tomonidan tanlangan dasturchi kompaniyalar loyihalari ustida ishlaydi. Ishtirok etish uchun loyihani tanlab, ariza berish kerak. Keyin kompaniya stajyorni tanlaydi. Stajyorlar murabbiy rahbarligida ishlaydi.

Stajyor loyihani muvaffaqiyatli tamomlasa, moddiy mukofotga (stipendiyaga) ega bo‘ladi. Stipendiyalar ishning har bir bosqichi tugagandan so‘ng uch qismda to‘lanadi:

  • iyun oyining oxiri — 30%;
  • iyul oyining oxiri — 30%;
  • avgust oyining oxiri — 40%.

Stipendiyalar miqdori 3000 dollardan 6 600 dollargacha bo‘lib, xarid qobiliyati tengligi asosida hisoblanadi. O‘zbekiston universitetlari talabalari uchun stipendiya 3000 dollarni tashkil etadi.

Arizalar 9-aprelga qadar qabul qilinadi. Havola orqali shartlar bilan batafsil tanishish va ariza topshirish mumkin.

Manba: daryo.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen + 7 =