Joriy yilning 19-dekabr kuni Adigey davlat universiteti (ADU)ning Ilmiy kutubxonasida ADU va O‘zDJTU o‘rtasida Hamkorlik asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha bitim imzolandi. Bitimni ADU rektori Rashid Dumalichevich Xunagov va O‘zDJTU rektori G‘anisher Xudoyqulovich Raximov imzoladilar.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, mazkur bitim Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar asosida talabalarni o‘qitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston-Rossiya xalqaro ta’lim forumining amaliy natijasidir.
Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish, shuningdek, tilshunoslarni tayyorlashda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish borasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining natijasi sifatida 2019yilning sentyabr oyidan O‘zDJTU bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun ADU ta’lim dasturi asosida o‘qitish tashkil qilinadi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.