O‘zDJTUDA MALAYZIYALIK PROFESSOR TOMONIDAN “ILMIY MAQOLA YOZISH BO‘YICHA SEMINAR” TASHKIL ETILDI

25.04.2019

Joriy yilning 23-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Malayziyaning Sultan Idris universiteti professori Ramlee Ismail tomonidan “Ilmiy maqola yozish bo’yicha seminar” tashkil qilindi.

O’zDJTU professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirokida bo’lib o’tgan mazkur seminarda ilmiy maqola yozish metodologiyasi hamda Sultan Idris universitetining elektron jurnallari taqdimoti bo’lib o’tdi.

Ma’lumot o’rnida, Ramlee Ismail o’z faoliyatini 2001-yilda Malayziyaning Sultan Idris universitetida boshlagan. Uning muallifligida 3ta kitob nashr qilingan bo’lib, bir qancha maqolalari mahalliy va xalqaro jurnallarda chop etib kelinadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 5 =