O‘zDJTUDA NAVBATDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

11.04.2019

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq 2019 yil 8 aprelda O‘zDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan “Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni o‘qitish samaradorligini oshirishda innovatsion ta’lim texnologiyalarining o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Anjumanni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №1875 sonli Qarori va uning ijrosini ta’minlash hamda chet tillarni o‘rganishni takomillashtirish jarayonini jadallashtirish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini o‘quv jarayoniga joriy etishdir. O‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, xorijiy tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari va dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik aloqalarni rivojlantirish uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish nazarda tutilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi ta’lim jarayonidagi chet tillarni egallashning umumevropa kompetensiyalari talablariga asoslangan bilimni baholash tizimiga oid muammo va yechimlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida chet tillarni o‘qitishdagi muammolar, chet tillarni o‘qitishda testlarni yaratish metodlari va mexanizmlarini ishlab chiqish hamda uzluksiz ta’lim tizimiga tadbiq etish, ularni takomillashtirish masalalari, zamonaviy tilshunoslikning muammolarini muhokama qilish. Konferensiyada jami 208 nafar ma’ruzachilar ishtirok etishdi.

Ilmiy-nazariy anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • Chet tillarni egallashning umumevropa kompetensiyalari talablari asosida bilimini baholash;
  • Chet tillarni o‘qitishda testlarni yaratish metodlari va mexanizmlarini ishlab chiqish hamda uzluksiz ta’lim tizimiga tatbiq etish muammolari;
  • Kasb –hunar kollejlari, akademik litseylar va umumta’lim maktablarida chet tillarini o‘qitishda muammolar va yechimlar;
  • Lingvometodika va zamonaviy tilshunoslikning muammolari.

Anjumanda universitet va Respublikaning uzluksiz ta’lim tizimidan 208 nafar professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi o‘qituvchilar tegishli sohalar bo‘yicha yetakchi mutaxassislar, olimlar, iqtidorli talabalar, magistrlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilarning faol ishtiroki ta’minlandi.

Anjumanni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Boqiyeva Gulandom Hisamovna ochib berdi. Gulandom Hisamovna uzluksiz ta’lim tizimida erishilgan muvaffaqiyat va yutuqlar bilan birga hozirgi kunda olimlar va soha mutaxassislari e’tibor qaratishlari lozim bo‘lgan ilmiy va uslubiy muammolar, ularning yechimlari bo‘yicha o‘zlarining takliflarini berib, universitet va Respublika olimlari oldida turgan vazifalarni belgilab berdi.

Shundan so‘ng, konferensiyaning yalpi majlisida muhokama qilinadigan masalalar muhokamasiga o‘tildi.

Yalpi majlisda Toshkent davlat pedagogika universiteti professori J.Jalolov o‘zining “Chet til o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llagan olim”, O‘zDJTU professori, pedagogika fanlari doktori L.Axmedova “Информационно-коммуникационные технологии в обучении иностранным языкам”, professor J.A.Yoqubov “Hozirgi zamon chet til o‘qitish metodikasi tamoyillari va ularning zamonaviy ta’lim usullari”, “O‘zbekistonda Respublikasi  fanlar akademiyasi ilmiy o‘quv markazi dotsenti” pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sh.Bo‘tayev “Lug‘atlarni tuzish jarayonida lingvometodik tamoyillar” nomli mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

O‘zDJTUda o‘tgan ilmiy-amaliy anjuman yakunida O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’limi jarayoni uchun yangi va samarali o‘qitish metodlari hamda texnologiyalarini ishlab chiqish ustida ishlash bugungi kunning kechiktirib bo‘lmaydigan muhim masalalardan biri ekanligi qayd etildi. Ushbu yo‘nalishda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish tavsiya etildi. Shuningdek, konferensiya chet tillarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalarining o‘rni, o‘quvchi-talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishda baholashning o‘rni hamda filologik va nofilologik oliy ta’lim muassasalarida chet tillarni o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalarni samarali qo‘llagan holda turli ilmiy loyihalarni amalga oshirish kabi masalalarga bag‘ishlandi.

Q.TO‘XTAYEVA, Ingliz tilini o‘qitish
metodikasi kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 − 1 =