OʻzDJTUDA XALQARO MASTER-KLASS

14.11.2018

2018-yil 13-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri O.Musurmanova tashabbusi bilan Litvaning Shyaulyay universiteti “Ijtimoiy tadqiqotlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi professori, pedagog, defektolog va logoped Alifanovene Daiva Adolfovna ishtirokida “Рефлективные модели обучения педагогов ввысщих учебных заведениях” mavzusidagi xalqaro master-klass tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Pedagogika va psixologiya kafedrasi” va boshqa kafedra professor-oʻqituvchilari, mustaqil izlanuvchilari va doktorantlar, ichki nazorat boʻlimi xodimlari, Respublika ijtimoiy moslashuv markazi xodimlari, Nizomiy nomidagi TDPU professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar. Tadbirda oliy taʼlimda boʻlajak pedagoglarni refleksiv model asosida oʻqitish muammolari atroflicha muhokama qilindi.

Master-klass jarayonida ishtirokchilar refleksiv taʼlim modeli boʻyicha quyidagi:

· ijtimoiy muhim kasbiy va uning asosida bilish motivatsiyasini shakllantirish;

· oʻquv faoliyatining istiqbolli va aniq maqsadlarini anglash va aniqlash;

· oʻquv faoliyatini egallash natijalari sifatida umumoʻquv koʻnikma va malakalarni takomillashtirish;

· talablarni refleksiv-baholash qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha ilmiy-nazariy bilimlar egallashga muvaffaq boʻldilar.

Ushbu master-klass oʻta dolzarb pedagogik va psixologik muammoga bagʻishlangan boʻlib, tadbir soʻngida mavzu doirasida qiziqarli savol-javoblar oʻtkazildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 + four =