O‘ZDJTUDA XORIJDA TA’LIM OLISHNI XOHLOVCHILAR UCHUN SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TDI

29.03.2019

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan “El-yurt umidi” jamg‘armasi, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda xorijiy davlatlarning yetakchi oliy va ilmiy-ta’lim muassasalariga malaka oshirish va stajirovka o‘tash, magistratura hamda doktoranturada o‘qishga yuborilishi rejalashtirilayotgan nomzodlarga ingliz tilini o‘rgatish o‘quv kurslarida trener sifatida jalb etilgan professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan seminar-treningda 130 nafar trenerlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishmoqda. Shu yilning 1 aprelidan boshlab ular 22 ta oliy ta’lim muassasasi bazasida xorijga o‘qishga yuborilishi rejalashtirilayotgan nomzodlarga xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini olib borishadi.
Chet tilini o‘rgatish kurslari 3 oy davom etadi, bir oy mobaynida OTMlarda trenerlar tomonidan mashg‘ulotlar olib boriladi, ikki oy mobaynida tinglovchilar english.edu.uz manzilidagi platformada dastur doirasida belgilangan topshiriqlarni onlayn rejimida mustaqil o‘zlashtirishib borishadi.
O‘quv kurslarida British Council (Britaniya Kengashi), Alliance Francaise (Fransuz Alyansi), Geothe Instit (Gyote instituti) kabi xalqaro tashkilotlarning malakali trenerlari ham ishtirok etadi.
Mazkur kurslarga jami 1200 nafardan tinglovchilar qamrab olinadi va ularni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan pedagog kadrlarga 2020 yilda “El-yurt umidi” jamg‘arma stipendiati bo‘lish uchun o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etish huquqini beruvchi sertifikat beriladi.

Manba: edu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × two =